Yangiliklarga qaytish

O'zbekiston parrandachilik sohasida yangi bosqich: xalqaro hamkorlik va yirik biznes rejalar

O'zbekiston parrandachilik sohasida yangi bosqich: xalqaro hamkorlik va yirik biznes rejalar

Bugun Vilofoss kompaniyasi vakillari «Parrandasanoat» uyushmasida bo'lib o'tgan uchrashuvda o'z mahsulotlari, investitsiya loyihalari va hamkorlikda amalga oshiriladigan biznes rejalarni taqdim etdilar.

Uchrashuv davomida parranda ozuqasi sifatini oshirish, premikslar va yem qo'shimchalari bo'yicha zamonaviy yechimlar muhokama qilindi. Tomonlar sohaga xalqaro standartlarni joriy etish bo'yicha hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar.

«Sokin Savdo Servis» MChJ ushbu yo'nalishda uzoq muddatli hamkorlikdan manfaatdor ekanini bildirdi.