Do'konlar, restoranlar va ulgurji xaridorlar uchun.
Butun tovuq
Muzlatilmaydi: so'yilgach darhol sovutiladi. Go'shti o'z suvini saqlaydi, sho'rvaga ham, qovurmaga ham, tandirga ham bo'ladi.
Shok usulida muzlatilgan tushka. Uzoq saqlanadi, uzoq yo'lga ham chidaydi, eritilgandan keyin ham ta'mi deyarli o'zgarmaydi.
Tovuq qismlari
Suyaksiz va terisiz ko'krak go'shti. Yog'i kam, oqsili ko'p, tez pishadi. Parhez taomlar, salatlar va bolalar ovqati uchun qulay.
Son go'shtida o'zining tabiiy yog'i bor, shuning uchun pishganda quruqshab qolmaydi. Qovurma, grill, dimlama va tandir uchun yaxshi.
Qora go'shtli, shirali boldir. Qovurish, grill, dimlama, sho'rva, hammasiga bo'ladi. Bolalar uni qo'lda ushlab yeyishni yaxshi ko'radi.
Yarim tayyor mahsulotlar
Tabiiy ziravorli marinadda turgan qanot va son. Faqat pishirish qoladi: grillda, duxovkada yoki tovada.
Kabob uchun maxsus marinadlangan tovuq go'shti. Sixga terasiz, mangalga qo'yasiz: tez pishadi va shirali chiqadi.