Yangiliklarga qaytish

O'zbekiston delegatsiyasi Shotlandiyada «Aviagen» bilan hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi

O'zbekiston delegatsiyasi Shotlandiyada «Aviagen» bilan hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi

Ayni kunlarda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo'mitasi, «Mikrokreditbank» ATB hamda «Parrandasanoat» uyushmasi vakillaridan iborat delegatsiya «Aviagen» kompaniyasining taklifiga binoan Shotlandiyada tashrifda bo'lmoqda.

Muzokaralar davomida naslli ota-ona podasi (Parent Stock) yetishtirish, genetika va biologik xavfsizlik bo'yicha tajriba almashish masalalari ko'rib chiqildi.

Hamkorlik natijasida respublikada naslli tovuq yetishtirish bo'yicha yangi loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.