Yangiliklarga qaytish

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Sokin savdo servis” klasteri faoliyati bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Sokin savdo servis” klasteri faoliyati bilan tanishdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrifi davomida Baliqchi tumanida joylashgan “Sokin savdo servis” parrandachilik klasteri faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif davomida korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari, to‘liq ishlab chiqarish zanjiri hamda istiqboldagi rivojlanish loyihalari taqdim etildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev korxona do‘konida

2010-yilda tashkil etilgan klaster bugungi kunda ozuqa tayyorlashdan tortib, parranda yetishtirish, so‘yish, go‘shtni qayta ishlash, qadoqlash va tayyor mahsulotni iste’molchiga yetkazib berishgacha bo‘lgan yagona ishlab chiqarish tizimini shakllantirgan.

Bugungi kunda klasterda 417 nafar xodim mehnat qiladi. Yillik ishlab chiqarish quvvati 8,2 million dona broyler va 20,6 ming tonna parranda go‘shtini tashkil etadi. Shuningdek, yiliga 55 ming tonnagacha go‘sht va yarim tayyor mahsulotlarni qayta ishlash imkoniyati mavjud.

Prezident Shavkat Mirziyoyev hamkorlar bilan uchrashuvda

Korxona rivojining navbatdagi bosqichida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan yangi loyihalar amalga oshiriladi. 2027-yil yakuniga qadar 10 million dollarlik investitsiya hisobiga rendering liniyasi ishga tushirilishi va ko‘p qavatli katak tizimi joriy etilishi rejalashtirilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishlab chiqarish sexini ko‘zdan kechirmoqda

Prezident tashrifi — “Sokin savdo servis” jamoasi uchun katta e’tibor va yangi marralar sari muhim rag‘batdir.

Biz zamonaviy texnologiyalar, sifat va mas’uliyat tamoyillari asosida parrandachilik sohasini yanada rivojlantirish va iste’molchilar uchun yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishni davom ettiramiz.